18/10/2024

    2024-yilning 18-oktabr kuni Samarqand viloyati Statistika boshqarmasida “Samarqand shahri kuni” munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi.

1996-yil 18-oktabr kuni Amir Temur tavalludining 660 yilligi tantanalari doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan  Samarqand shahri “Amir Temur” ordeni bilan taqdirlangan va bu kunni Samarqand shahri kuni sifatida nishonlash taklif qilingan. Ayni shu kuni Samarqandda Sohibqiron Amir Temurning haykali ochilgan. Shundan buyon ushbu kun  keng nishonlanib kelinmoqda.

YUNESKO Bosh konferensiyasi qaroriga muvofiq, 2007-yilda Samarqand shahrining 2750 yilligi keng nishonlangan.

Samarqand shahrida bir qator yirik  tadbirlar, jumladan 1997-yildan boshlab “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali o‘tkazib kelinmoqda.

“18-oktabr — Samarqand shahri kuni”.  Mana yigirma sakkiz yildirki, mazkur sana har bir Samarqandlikka faxr-iftixor bag‘ishlaydi. Ushbu kunda Samarqand shahrida juda ko‘plab inshootlarning ochilish marosimlari bo‘lib o‘tadi. Xorijdan, mamlakatimizning boshqa viloyatlaridan mehmonlar, taniqli san’atkorlar, yozuvchi va shoirlar tashrif buyuradi. Samarqand shahri kuni xalqimizning milliy qadriyatiga, bayramiga aylanib bo‘ldi.

 Bayram munosabati bilan erta tongdan Amir Temur haykali poyiga gullar qo‘yildi

 

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech