21/10/2024

   

1989-yilning 21-oktabr kuni Vatanimizda davlat tilining huquqiy asoslarini belgilash bo‘yicha “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilinib, unga ko‘ra O‘zbek tiliga - Davlat tili maqomi berildi.

“O‘zbek tili bayrami kunini belgilash to‘g‘risida” 2020-yil 10-aprelda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Qonunining (O‘RQ-615-son) 1-moddasi bilan 21-oktabr sanasi O‘zbek tili bayrami kuni etib belgilandi.

Til – davlat timsoli, mulki, ruhi, millatning madaniy va ma’naviy boyligi, xalqning madaniyati, urf-odati, uning  turmush tarzi, tarixidir.

Millatlarni bir-biridan ajratib turuvchi asosiy belgilaridan biri bu – til. Har bir inson o‘z ona tilini bilishi,  uni  ulug‘lashi va shu bilan birga boshqa millatlarning ona tiliga ham hurmat bilan qarashi lozim. Shundagina tilning, millatning qadri va obro‘yi, nufuzi oshadi. “21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni”.

Bayramingiz muborak bo‘lsin! 

Samarqand viloyati Statistika boshqarmasi jamoasi

Axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech