25/10/2024

    Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-sentabr oylarida Samarqand viloyati bo‘yicha yalpi hududiy mahsulot (keyingi o‘rinlarda – YAHM) hajmi joriy narxlarda 72 542 mlrd so‘mni tashkil etdi va 2023-yilning yanvar-sentabr oylari bilan taqqoslaganda 6,5 foizga o‘sdi.

YAHM deflyator indeksi 2023-yilning yanvar-sentabr oylari narxlariga nisbatan 113,6 foizni tashkil qildi.

O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha YAIMning shakllanishida Samarqand viloyatining qo‘shgan hissasi 7,1 foizga yetdi.

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech