2024-yilning 1-oktabr holatiga jami 300 816 ta masʼuliyati cheklangan jamiyatlar faoliyat yuritmoqda.
Ular iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha quyidagicha taqsimlangan:
Savdo sohasida – 110 738 ta;
Sanoat sohasida – 44 200 ta;
Qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi sohasida – 27 216 ta;
Qurilish sohasida – 26 795 ta;
Yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar sohasida – 16 162 ta;
Tashish va saqlash sohasida – 15 128 ta;
Axborot va aloqa sohasida – 8 730 ta;
Sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmat koʻrsatish sohasida – 7 007 ta;
Boshqa sohalarda – 44 840 ta.
Axborot xizmati