Oʻzbekistonda 2024-yilning yanvar-sentabr oylarida yirik korxonalar tomonidan 7 185 tonna dudlangan va yarim dudlangan kolbasa mahsulotlari ishlab chiqarilgan.
Mazkur ishlab chiqarish hajmi 2023-yilning tegishli davriga nisbatan solishtirilganda 14,8 % ga oshgan.
Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yillarning tegishli davrida:
2021-yil – 5 432 tonna;
2022-yil – 5 514 tonna;
2023-yil – 6 257 tonna.
Axborot xizmati