30/10/2024

     Yuridik shaxs sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tib, faoliyat ko‘rsatayotgan oilaviy korxonalar soni 2024-yil 1-oktabr holatiga ko‘ra 7 471 tani tashkil etdi.

 Ularning iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha taqsimlanishi (umumiy sonidagi ulushi) quyidagicha bo‘ldi: savdo – 35,5 foizi, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar – 21,9 foizi, sanoat – 19,1 foizi, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida – 4,5 foizi, hududiy kesimda esa eng ko‘pi Samarqand shahrida – 24,2 foizi, Samarqand tumanida – 10,7 foizi va Pastdarg‘om tumanida – 10,5 foizi faoliyat ko‘rsatmoqda.

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech