Prezidentimiz shu yilning 21-oktabr kuni “Yashil makon” umummilliy loyihasi muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilishda mamlakatimizda har yili 200 million tup daraxt va buta koʻchatlari ekilib, yashillikni 2030-yilgacha 30 foizga yetkazish boʻyicha marra olinganini taʼkidladi.
Hozirgi kunda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Samarqand viloyati Statistika boshqarmasi hamda hududiy statistika bo‘lim xodimlari tomonidan ham samarali ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Joriy yilning 30-31-oktabr kunlari Pastdarg‘om tumani statistika bo‘limi xodimlari tomonidan 200 tup mevali va manzarali daraxt koʻchatlari ekildi.
Axborot xizmati