04/11/2024

    Samarqand viloyati statistika boshqarmasida “Halollik vaksinasi – korrupsiyaga qarshi kurashishning eng samarali usuli” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Boshqarma hamda shahar va tuman statistika bo‘limi boshliqlari ishtirokida o‘tkazilgan tadbirda statistika sohasini korrupsiyadan holi tizimga aylantirish va bu borada qilinishi lozim bo‘lgan ishlar to‘g‘risida gapirib o‘tildi.

Har bir statistika xodimi “Halollik vaksinasi” tamoyili asosida tadbirkorlarga yaqindan yordam berishi, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymasligi, statistika xodimlari orasida korrupsiya holatlarining oldini olishda eng avvalo jamoada korrupsiyaga nisbatan murosasiz muhitni shakllantirish kerakligi tushuntirildi.

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech