08/11/2024

    Modul orqali tadbirkorlar o‘z biznesiga doir bir qator muhim ma’lumotlarni olishi mumkin.

Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish (new.birdarcha.uz) tizimida «Mening biznesim» moduli joriy etildi, deb xabar berdi «Huquqiy axborot» kanali.

Qayd qilinishicha, ushbu modul orqali tadbirkorlar o‘z biznesiga doir bir qator muhim ma’lumotlarni olishi mumkin.

Jumladan:

- tadbirkorlik subyektlarining umumiy ma’lumotlari;

- soliq hisobotlari va ma’lumotlari;

- litsenziya va intellektual mulk ma’lumotlari;

- ko‘chmas mulk ma’lumotlari;

- bandlik va YHXX ma’lumotlari;

- taqiqlar va IT park ma’lumotlari;

- Davlat aktivlarini boshqarish agentligi ma’lumotlari;

- qimmatli qog‘ozlarning markaziy depozitariysi ma’lumotlari.

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech