19/11/2024

    Xalqaro iqtisodiy aloqalarning rivojlanishi eksportning barqaror o‘sishiga ko‘maklashadi va bu o‘z navbatida maʼlum natijalarga erishish uchun zamin yaratadi. Viloyatning eksport salohiyatini oshirish, eksportyorlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, eksportbop mahsulotlar nomenklaturasini kengaytirish maqsadida amalga oshirilgan islohotlar natijasida eksportyorlar tomonidan 2024-yilning yanvar-oktabr oylarida 681,3 mln AQSh dollari  qiymatidagi (2023-yilning mos davriga nisbatan 113,9 %  ni tashkil etgan) tovar va xizmatlar eksport qilinishi taʼminlandi.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech