19/11/2024

    2024-yil 1-noyabr  holatiga chakana savdo sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat korxonalari soni 11 720 ta bo‘lib, shundan, yirik korxonalar soni 39 ta, kichik korxona va mikrofirmalar 11 681  tani  tashkil etmoqda.

Shuningdek, savdo sohasida yuridik shaxs tashkil etmasdan faoliyat olibborayotgan YATT (Yakka tartibdagi tadbirkorlik) va uyushmagan savdo (jismoniy shaxslar)ning kuzatuvlari asosida yig‘ilgan ma’lumotlar, chakana savdo ko‘rsatgichlariga kiritilgan.

Yuqorida qayd etilgan tadbirkorlik subyektlari faoliyati natijasida, 2024-yilning yanvar-oktabr oylarida viloyatning chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 26 353,2 mlrd so‘mni, 2023-yilning  yanvar-oktabr oylariga nisbatan o‘sish sur’ati 107,6 % ni tashkil etdi.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech