2024-yilning 1-dekabr holatiga ko‘ra qurilish sohasida faoliyat koʻrsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 5 589 tani tashkil etmoqda.
O‘zbekistonda qurilish sanoati iqtisodiyotning ustuvor tarmog‘i sifatida belgilangan. Qurilish sanoatining yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkazilgan tahlil shuni ko‘rsatdiki:
- binolar va inshootlar qurish yo‘nalishi 58,3 foiz ulushni tashkil etdi; - ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari yo‘nalishidagi korxonalar soni esa 23,3 foiz ulushni tashkil etdi.
- fuqarolik obyektlarini qurish yo‘nalishidagi korxonalar soni 18,4 foiz ulushni tashkil etdi.
Axborot xizmati