Xalqaro iqtisodiy aloqalarning rivojlanishi eksportning barqaror o‘sishiga ko‘maklashadi va bu o‘z navbatida maʼlum natijalarga erishish uchun zamin yaratadi.
Viloyatning eksport salohiyatini oshirish, eksportyorlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, eksportbop mahsulotlar nomenklaturasini kengaytirish maqsadida amalga oshirilgan islohotlar natijasida eksportyorlar tomonidan 779,4 mln AQSh dollari qiymatidagi (2023-yilning mos davriga nisbatan 115,4 % ni tashkil etgan) tovar va xizmatlar eksport qilinishi taʼminlandi.
Oʻzbekiston Respublikasida tovarlar tashqi savdosi statistik koʻrsatkichlarini shakllantirishda, Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi (keyingi oʻrinlarda TIF TN) bilan birgalikda, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xalqaro standartlashgan savdo tasniflagichi (keyingi oʻrinlarda – XSST) ishlatiladi. Bu oʻz navbatida tahliliy maqsadlarda eksport va import qilinadigan tovarlarni 10 ta katta qismga guruhlash uchun imkon beradi. Tovarlarni XSST boʻyicha kodlashtirish, TIF TN va XSST oʻrtasida oʻtish kalitlari yordamida amalga oshiriladi.
Axborot xizmati