18/02/2025

    2025-yilning 1-fevral holatiga ko‘ra Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan jami korxona va tashkilotlar soni 1 163 ta bo‘lib ularning salmoqli qismi – 919 tasi yoki 79,0 foizi tadbirkorlik subyektlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Yo‘nalishlar bo‘yicha tahlilar shuni ko‘rsatdiki:

- ushbu sohadagi korxonalar sonining 98,0 foizi sog‘liqni saqlash yo‘nalishiga to‘g‘ri keladi;

- yashash uchun joy bilan ta’minlangan holda parvarishlash yo‘nalishidagi korxonalar soni 1,6 foizni tashkil etdi;

- yashash uchun joy bilan ta’minlanmagan holda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish yo‘nalishidagi korxonalar soni ushbu sohaning 0,4 foizini tashkil etdi.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech