17/03/2025

    2025-yilning 1-mart holatiga ko‘ra Samarqand viloyatida faoliyat koʻrsatayotgan kichik biznes subyektlari soni 32 559 tani tashkil etmoqda.

    Hududlar kesimida eng ko‘p kichik biznes subyektlari Samarqand shahrida (30,7 foiz), Samarqand (9,3 foiz), Pastdarg‘om (7,7 foiz), Urgut (7,3 foiz) va Payariq (4,9 foiz) tumanlarida faoliyat ko‘rsatmoqda. Ushbu hududlarda jami kichik biznes subyektlari sonining 50 foizdan ortig‘i faoliyat ko‘rsatmoqda.

    Ma’lumki, ayni paytda kichik biznes subyektlari iqtisodiyotning deyarli barcha tarmoqlarida ilg‘or faoliyat yuritmoqda.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech