Joriy yilning 11-aprel kuni Samarqand viloyati Statistika boshqarmasida bosh yuristkonsult O. Berdimurodov ishtirokida boshqarma xodimlari uchun korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusida targ‘ibot-tashviqot o‘quv mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O. Berdimurodov tomonidan kun tartibidagi masala yuzasidan Samarqand viloyati statistika boshqarmasi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha idoraviy kompleks chora-tadbirlar rejasining tegishli bandlarining ijrosini ta’minlash maqsadida “Korrupsiya holatlariga tizimda yo‘l qoymaslik hamda uning barvaqt oldini olish” mavzusi yuzasidan axboroti eshitildi.
Shuningdek, tizim xodimlari boshqarmaning 2025-yil uchun tasdiqlangan korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi chora-tadbirda belgilangan vazifalarga to‘liq rioya qilishlarini ta’kidlab o‘tdi.
Jumladan, tizimda korrupsiya holatlarga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan barcha xodimlarni ogoh bo‘lishga chaqirdi.
Axborot xizmati