Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekiston xorijiy davlatlarga qiymati 934,6 ming AQSH dollariga teng bo‘lgan 1 581 tonna olma eksport qilgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1 272 tonnaga yoki 5,1 barobarga oshgan.
2025-yilning 2 oyida O‘zbekiston eng ko‘p olma eksport qilgan davlatlar:
Rossiya – 1 020 tonna;
Qozog‘iston – 341,4 tonna;
Turkmaniston – 148,6 tonna;
Mo‘g‘uliston – 40 tonna;
Boshqa davlatlar – 30,9 tonna.
Axborot xizmati