25/04/2025

    Yirik qurilish tashkilotlari tomonidan 2025-yilning yanvar-mart oyida bajarilgan qurilish ishlari hajmi 293,8 mlrd so‘mni tashkil etdi. Ko‘rib chiqilayotgan davrda qurilish ishlari hajmi 2024-yilning mos davriga nisbatan 65,9 % ni va ularning umumiy hajmdagi ulushi 10,8 % ni tashkil etdi.

    Shuningdek, kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hissasiga jami qurilish ishlari hajmining 66,0 % i to‘g‘ri kelib, ular hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari hajmi 2024-yilning mos davriga nisbatan 115,1 % ni tashkil etgan holda 1 802,8 mlrd so‘m miqdorida qayd etildi.

    Norasmiy sektorda qurilish ishlarining ulushi 23,2 % ni yoki 634,5 mlrd so‘mni tashkil etib, 2024-yilning mos davriga nisbatan 117,0 % ni tashkil etdi.

Axborot xizmati

   

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech