Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-mart oylarida xorijga 629,3 mln AQSH dollarlik to‘qimachilik mahsulotlari eksport qilingan.
Ushbu ko‘rsatkich umumiy eksportning 7,8 % ini tashkil etgan.
Eksport qilingan to‘qimachilik mahsulotlari tarkibi quyidagicha:
tayyor to‘qimachilik mahsulotlari – 286,6 mln AQSH dollari;
ip kalava – 217,8 mln AQSH dollari;
trikotaj mato – 71,8 mln AQSH dollari;
gazlamalar – 37,4 mln AQSH dollari;
paypoq mahsulotlari – 10,3 mln AQSH dollari;
gilam mahsulotlari – 5,4 mln AQSH dollari.
Axborot xizmati