21/05/2025

    O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi va Koreya Respublikasining “Statistics Korea” idorasi o‘rtasida 2025–2028-yillarga mo‘ljallangan “Statistika salohiyatini oshirish” loyihasi doirasida muhim hamkorlik boshlandi. Koreya hukumatining rivojlanishga rasmiy yordam dasturi (ODA) doirasida 3,8 million AQSH dollari miqdoridagi grant asosida moliyalashtiriladigan ushbu loyiha mamlakatimizda statistika tizimini modernizatsiya qilish, raqamli texnologiyalar va xalqaro tajribalarni joriy etishga qaratilgan.

    Ayni paytda Koreya statistika idorasi vakillari Milliy statistika qo‘mitasiga tashrif buyurib, loyiha doirasidagi yakuniy yo‘nalishlarni muhokama qilishmoqda.

    Bugun 2025-yilning 21-may kuni Koreya statistika idorasi vakillari Samarqand viloyatiga kelishdi.

    Nufuzli mehmonlarni Samarqand temiryo‘l vokzalida viloyat Statistika boshqarmasi boshlig‘i Abdiyev Sharof Azamovich kutib oldi.

     Shundang so‘ng, mehmonlar Statistika boshqarmasiga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida boshqarma xodimlari hamda mehmonlar o‘rtasida tanishuv uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

    Tadbir davomida Koreya statistikasi vakili hamda Samarqand viloyati Statistika boshqarmasi mutasaddilari tomonidan ish faoliyatlariga doir ma’ruzalari tinglandi.

    Tadbirdan so‘ng mehmonlar uchun Samarqand shahrining tarixiy obidalari bo‘ylab sayohat tashkil etildi.

Axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech