2025-yilning 1-may holatiga ko‘ra viloyatimizda 4 704 ta sanoat korxonalari faoliyat yuritib kelmoqda. Ushbu sanoat korxonalari soni asasosiy iqtisodiy faoliyat turlari kesimida taqsimlanganda yuqori ulush 1 136 tasi (faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar umumiy sonining 24,2 % i) oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishga, 705 tasi (15,0 %) boshqa nometal mineral mahsulotlar ishlab chiqarishga, 388 tasi (8,3 %) kiyim ishlab chiqarishga, 443 tasi (9,4 %) mashina va uskunalardan tashqari tayyor metal buyumlar ishlab chiqarishga va 344 tasi (7,3 %) mebel ishlab chiqarishga to‘g‘ri kelmoqda.
Axborot xizmati