2024-yilda Samarqand viloyatida umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining IX sinf bitiruvchilari soni 58,6 ming kishini tashkil etgan va 2020-yilga nisbatan ularning soni 8,2 ming kishiga, ya’ni 16,2 % ga ko‘paygan. XI sinf bitiruvchilari soni esa, 2024-yilda 2020-yilga nisbatan 18,3 ming kishiga, ya’ni 60,5 % ga ko‘paygan.
Ma’lumot uchun, IX sinf bitiruvchilari soni XI sinf bitiruvchilariga nisbatan ko‘pligi ba’zi o‘quvchilar IX sinfni tugatgandan so‘ng akademik litsey yoki kasb-hunar maktablarida o‘z o‘qishlarini davom ettirayotgani anglatadi.
Axborot xizmati