26/05/2025

    2025-yil 1-may holatiga ulgurji savdo sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat korxonalari soni 2 875 tani tashkil etib, shundan, faoliyat ko‘rsatayotgan yirik korxonalar soni 31 ta, kichik korxona va mikrofirmalar soni 2 844 tani tashkil qildi.

    Viloyat bo‘yicha 2025-yilning yanvar-aprel oylarida ulgurji savdo tovar aylanmasi 8 165,2 mlrd so‘mni tashkil etib, 2024-yilning mos davriga nisbatan 9,0 % ga o‘sdi.

    Kichik biznes subyektlarining ulgurji savdo aylanmasidagi umumiy hajmi  4 084,5 mlrd so‘mni tashkil qilib, 2024-yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 94,5 % ga to‘g‘ri keldi. Viloyatda jami ulgurji savdo hajmidagi ulushi 50,0 % ni tashkil qildi.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech