2025-yil yanvar-aprel oylarida iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ko‘rsatilgan bozor xizmatlari tarkibida transport xizmatlari 18,5 %, yashash va ovqatlanish xizmatlari 31,5 %, moliyaviy xizmatlar 9,8 %, savdo xizmatlari 16,1 %, aloqa va axborotlashtirish xizmatlari 3,9 %, ta‘lim sohasidagi xizmatlar esa 3,6 % ulushini tashkil etdi.
Taqqoslash uchun: 2024-yilning tahlil qilinayotgan davrida xizmatlarning umumiy hajmida transport xizmatlari 17,5 foiz, yashash va ovqatlanish xizmatlari 31,1 foiz, moliyaviy xizmatlar 10,3 foiz, savdo xizmatlari 17,0 foiz, aloqa va axborotlashtirish xizmatlari 3,8 foiz, ta’lim sohasidagi xizmatlar esa 4,2 foiz ulushni tashkil etgan.
Axborot xizmati