30/05/2025

    Joriy yilning 30-may kuni Samarqand viloyati statistika boshqarmasida uzoq yillar davomida mehnat qilgan faxriy xodimlarni nafaqaga kuzatish bo‘yicha tadbir tashkil etildi.

    Tadbirda boshqarma rahbariyati, xodimlari va faxriylarning yaqin hamkasblari ishtirok etishdi. Mazkur tadbir davomida faxriylar faoliyatidagi yutuqlar esga olinib, ularning soha rivojiga qo‘shgan hissasi yuksak e’tirof etildi.

    Boshqarma rahbariyati tomonidan faxriylarimizning halol mehnati, yosh kadrlarga namuna bo‘ladigan xulq-atvorlari, alohida ta’kidlandi. Shuningdek, ular sohaning taraqqiyoti yo‘lida qilgan fidokorona xizmatlari uchun samimiy minnatdorlik bildirilib,  tashakkurnomalar va esdalik sovg‘alari topshirildi.

    Faxriylarimiz ham o‘z navbatida, yillar davomida birgalikda faoliyat olib borgan jamoaga chuqur minnatdorlik bildirib, ezgu tilaklar bildirdilar.

Axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech