2025-yilning yanvar-martida avtomobil transportida yuk tashishning umumiy hajmida kichik tadbirkorlik subyektlarining ulushi 88,8 % ni tashkil etdi. 2024-yilning tegishli davriga nisbatan o‘sish sur’ati 103,4 % ni tashkil qildi.
2025-yilning yanvar-martida, avtomobil transportida yuk aylanmasining umumiy hajmida kichik tadbirkorlik subyektlarining ulushi 83,7 % ni tashkil etgan bo‘lib, 2024-yilning tegishli davriga nisbatan o‘sish sur’ati 110,2 % ni tashkil qildi.
2025-yilning yanvar-martida, avtomobil transportida yo‘lovchi tashish xizmatlarining umumiy hajmida kichik tadbirkorlik subyektlarining ulushi 95,7,% ni tashkil etib, 2024-yilning tegishli davriga nisbatan o‘sish sur’ati 107,4 % ni tashkil qildi.
2025-yilning yanvar-martida, avtomobil transporti yo‘lovchi aylanmasining umumiy hajmida kichik tadbirkorlik subyektlarining ulushi 98,5 % ni tashkil etib, 2024-yilning tegishli davriga nisbatan o‘sish sur’ati 103,7 % ni tashkil qildi.
Axborot xizmati