17/06/2025

    Joriy yilning 17-iyun kuni Samarqand viloyati statistika boshqarmasi hamda Toshkent davlat Iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali hamkorligida “Statistika organlarida ishlash jozibadorligini oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilari orasida targ‘ib qilish” maqsadida, bitiruvchi talabalar ishtirokida davra suhbati o'tkazildi.

    Tadbirda statistika boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari J. Ulashev tomonidan, boshqarmada bo‘sh vakant ish o‘rinlari va statistika tizimida davlat fuqarolik xizmatchilariga yaratilayotgan qulayliklar, boshqarma ish faoliyati hamda imkoniyatlari haqida qisqacha tushuncha berib o‘tildi. 

    Davra suhbati davomida statistika organlariga ishga kirish tartiblari, davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining ochiq portali vacancy.argos.uz orqali amalga oshirilishi va ushbu portaldan foydalanish tartibi, shuningdek, ochiq mustaqil tanlovlar tashkil etilishining huquqiy asoslari, mexanizmlari va bosqichlari, eʼtibor qaratish lozim bo‘lgan asosiy jihatlar hamda tanlov g‘oliblari bilan ishlash usullari to‘g‘risida maʼlumotlar berildi.

    Shuningdek, ma’ruzachi tomonidan aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgalik ko‘rish, bu borada qabul qilingan me’yoriy hujjatlar, qonun va qarorlar hamda ularning ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan va kelgusida bajarilishi belgilangan ishlar bo‘yicha ham batafsil maʼlumot berildi.

    Tadbir mobaynida berilgan maʼlumotlar asosida ishtirokchilarning fikr mulohazalari va takliflari tinglandi hamda ularni qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.

Axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech