30/06/2025

    Joriy yilning 30-iyun kuni Samarqand viloyati statistika boshqarmasida “Oʻzbekiston–2030” strategiyasining mazmun-mohiyatiga bagʻishlangan taqdimot oʻtkazildi.

Yigʻilishda boshqarma boshlig‘i Abdiyev Sharof Azamovich  soʻzga chiqib, “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining mazmun-mohiyati va uni amalga oshirishga doir ustuvor vazifalar, ayniqsa, strategiyada belgilangan Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga doir maqsad va vazifalarga alohida toʻxtalib oʻtdi.

    Shuningdek, tadbirda 5 ta ustuvor yoʻnalish hamda 100 ta maqsaddan iborat “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi va mazkur strategik hujjatni tasdiqlashga oid Prezident farmoni haqida batafsil maʻlumot berildi.

   Bugungi kunda yurtimizda muhtaram Prezidentimiz rahbarligida amalga oshirilayotgan yoshlarga oid davlat siyosati zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega, mamlakatning munosib kelajagi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga ola biladigan barkamol, maqsadga intiluvchan va serg‘ayrat yoshlarni tarbiyalashga yo‘naltirilgani bilan ahamiyatlidir.

    Aziz yoshlar, sizlar yurtimizning munosib farzandi bo‘lishingizga ishonamiz, bu yo‘lda  kuch-g‘ayrat va shijoat hech qachon sizni tark etmasligini tilaymiz.

 

 Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech