Yirik qurilish tashkilotlari tomonidan 2025-yilning yanvar-may oylarida bajarilgan qurilish ishlari hajmi 686,8 mlrd so‘mni tashkil etdi. Ko‘rib chiqilayotgan davrda qurilish ishlari hajmi 2024-yilning mos davriga nisbatan 89,9 % ni va ularning umumiy hajmdagi ulushi 13,5 % ni tashkil etdi.
Shuningdek, kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hissasiga jami qurilish ishlari hajmining 69,8 % i to‘g‘ri kelib, ular hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari hajmi 2024-yilning mos davriga nisbatan 114,6 % ni tashkil etgan holda 3 550,0 mlrd so‘m miqdorida qayd etildi.
Norasmiy sektorda qurilish ishlarining ulushi 16,7 % ni yoki 849,4 mlrd so‘mni tashkil etib, 2024-yilning mos davriga nisbatan 130,7 % ni tashkil etdi.
Axborot xizmati