14/07/2025

   Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2025-yilning yanvar-may oylarida xorijga qiymati 10,6 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 6 832 tonna quritilgan o‘rik eksport qilgan.

   Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,8 ming tonnaga yoki 36 % ga oshgan.

   O‘zbekiston 2025-yilning 5 oyida eng ko‘p quritilgan o‘rik eksport qilgan davlatlar:

   Qozog‘iston – 1 792 tonna

   Xitoy – 1 078 tonna

   Turkiya – 1 023 tonna

   Rossiya – 902 tonna

   Belarus – 487 tonna

   Boshqa davlatlar – 1 550 tonna

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech