Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning 1-aprel holatiga O‘zbekiston Respublikasida jismoniy shaxslarga tegishli 4 522,1 mingta avtotransport vositalari ro‘yxatga olingan.
Ularning asosiy qismini yengil avtomobillar (jamiga nisbatan ulushi 93 %) tashkil etadi.
2025-yilning dastlabki uch oyi davomida avtomobillar soni 79,8 mingtaga oshgan.
2025-yilning 1-aprel holatiga jismoniy shaxslarga tegishli avtotransport vositalarining turlari bo‘yicha soni quyidagicha:
yengil avtomobillar – 4 207,6 ming dona;
yuk avtomobillari – 293,3 ming dona;
mikroavtobuslar – 7,7 ming dona;
maxsus transport vositalari – 7,4 ming dona;
avtobuslar – 6,1 ming dona.
Axborot xizmati