2025-yil yanvar-iyun oylarida dastlabki ma’lumotlar bo‘yicha, norasmiy va yashirin iqtisodiyotni baholash bo‘yicha o‘tkazilgan statistik kuzatuvlar natijalarini hisobga olgan holda, bozor xizmatlari hajmi 32 572,7 mlrd so‘mni tashkil etdi. 2024-yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 112,3 % ni tashkil etib, uning hajmi esa 6 278,3 mlrd so‘mga o‘sishi qayd etildi.
Ma’lumot uchun: 2024-yil yanvar-iyun oylarida xizmatlar hajmi 26 294,4 mlrd so‘mni, o‘sish sur’ati esa 112,9 % ni tashkil etgan.
Axborot xizmati