25/07/2025

   Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-iyun oylarida Samarqand viloyati bo‘yicha yalpi hududiy mahsulot (keyingi o‘rinlarda – YAHM) hajmi joriy narxlarda 50 775,8 mlrd so‘mni tashkil etdi va 2024-yilning yanvar-iyun oylari bilan taqqoslaganda 7,0 % ga o‘sdi.

    YAHM deflyator indeksi 2024-yilning yanvar-iyun oylari narxlariga nisbatan 109,6 % ni tashkil qildi.

    O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha YAIMning shakllanishida Samarqand viloyatining qo‘shgan hissasi 6,3 % ga yetdi.

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech