Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2025-yilning yanvar-iyun oylarida xorijga qiymati 3 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 1 908 tonna limon eksport qilgan.
Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 127 tonnaga yoki 7,1 % ga oshgan.
Oʻzbekiston 2025-yilning 6 oyida eng koʻp limon eksport qilgan davlatlar:
Rossiya – 1 087 tonna
Qozogʻiston – 734 tonna
Qirgʻiz Respublikasi – 82 tonna
Boshqa davlatlar – 5 tonna
Axborot xizmati