Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilning yanvar-iyun oylarida jami 3,5 mln nafar Oʻzbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda chet elga safar qilgan.
Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 810 ming nafarga yoki 29,7 % ga oshgan.
Joriy yilning yanvar-iyun oylarida chet elga safar qilgan Oʻzbekiston fuqarolari mamlakatlar boʻyicha quyidagicha taqsimlangan:
Qirgʻiz Respublikasi – 1 527 303 nafar
Qozogʻiston – 664 669 nafar
Tojikiston – 631 660 nafar
Rossiya – 230 412 nafar
Saudiya Arabistoni – 145 294 nafar
Turkiya – 102 000 nafar
BAA – 72 729 nafar
Misr – 30 959 nafar
Tailand – 16 671 nafar
Vetnam – 16 179 nafar
Boshqa davlatlar – 102 622 nafar
Axborot xizmati