07/08/2025

   Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2025-yilning yanvar-iyun oylarida xorijga qiymati 30 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 32 859 tonna mosh eksport qilgan.

   Mosh eksporti oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 4 160 tonnaga kamaygan.

   Oʻzbekiston 2025-yilning 6 oyida eng koʻp mosh eksport qilgan davlatlar:

   Xitoy – 27 514 tonna

   Qozogʻiston – 1 714 tonna

   Afgʻoniston – 1 017 tonna

   Niderlandiya – 714 tonna

   Rossiya – 526 tonna

   Boshqa davlatlar – 1 374 tonna.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech