Milliy statistika qoʻmitasining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilning yanvar–iyun oylarida respublikamizdagi barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan 53,2 ming tonna baliq ovlangan.
Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 9,4 % ga oʻsgan.
Xoʻjalik toifalari boʻyicha ularning hajmi quyidagicha:
fermer xoʻjaliklarida – 27,1 ming tonna
dehqon va tomorqa xoʻjaliklarida – 3,0 ming tonna
qishloq xoʻjaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda – 23,1 ming tonna
Axborot xizmati