2025-yilning yanvar-iyunida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshirilgan mahsulot (ishlar va xizmatlar) eksporti hajmi 216,5 mln AQSH dollarini yoki umumiy eksport hajmining 41,8 % ini tashkil etdi.
2025-yilning yanvar-iyunida hududlar bo‘yicha kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshirilgan mahsulot (ishlar va xizmatlar) eksportining jamiga nisbatan eng ko‘p ulushi Bulung‘ur, Oqdaryo, Poyariq va Qo‘shrabot tumanlarida – 100,0 %, Narpay tumanida – 98,2 %, Kattaqo‘rg‘on shahrida – 85,2 % va Urgut tumanida – 84,4% ni tashkil qildi.
Axborot xizmati