Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonga 2025-yilning yanvar-iyun oylarida 6 ta xorijiy davlatdan qiymati 20,1 ming AQSH dollariga teng boʻlgan 765 dona toʻtiqushlar import qilingan.
Oʻzbekistonga 2025-yilning 6 oyida toʻtiqush yetkazib bergan davlatlar:
Senegal – 320 dona
Belgiya – 186 dona
Germaniya – 159 dona
Niderlandiya – 74 dona
Tojikiston – 20 dona
Chexiya – 6 dona
Axborot xizmati