Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025-yil 1-avgust holatiga respublikamizda 396 386 ta tijorat korxonalari faoliyat yuritmoqda. Ulardan 306 227 tasi masʼuliyati cheklangan jamiyatlar (MCHJ) boʻlib, bu umumiy korxonalar sonining 77,3 foizini tashkil etadi.
Tashkiliy-huquqiy shakli boʻyicha korxonalar soni quyidagicha:
masʼuliyati cheklangan jamiyat – 306 227 ta
xususiy korxonalar – 48 381 ta
oilaviy korxonalar – 37 816 ta
aksiyadorlik jamiyati – 647 ta
boshqalar – 3 315 ta
Axborot xizmati