Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonda 2025-yil yanvar-iyun oylarida 760,3 ming tonna yoʻl qoplamalari uchun asfaltli aralashmalar ishlab chiqarilgan.
Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 309,5 ming tonnaga yoki 68,7 % ga oshgan.
Ushbu koʻrsatkichning yillar kesimidagi dinamikasi quyidagicha (yanvar-iyun):
2023-yil – 249,6 ming tonna
2024-yil – 450,8 ming tonna
2025-yil – 760,3 ming tonna
Axborot xizmati