2025-yil yanvar-iyul oylarida dastlabki ma’lumotlar bo‘yicha, norasmiy va yashirin iqtisodiyotni baholash bo‘yicha o‘tkazilgan statistik kuzatuvlar natijalarini hisobga olgan holda, bozor xizmatlari hajmi 38 498,7 mlrd so‘mni tashkil etdi. 2024-yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 112,4 % ni tashkil etib, uning hajmi esa 7 498,6 mlrd so‘mga o‘sishi qayd etildi.
Ma’lumot uchun: 2024-yil yanvar-iyul oylarida xizmatlar hajmi 31 000,1 mlrd so‘mni, o‘sish sur’ati esa 112,1 % ni tashkil etgan.
Axborot xizmati