21/08/2025

    2025-yilning yanvar-iyul oylarida Samarqand viloyatida bajarilgan qurilish ishlarining iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha taqsimlanishi quyidagicha:

 - Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha qurilish ishlarining asosiy qismi turar joy va yashash uchun mo‘ljallanmagan binolarni qurish bo‘yicha amalga oshirilgan qurilish ishlaridan tashkil topdi. Ularning ulushi jami qurilish ishlari hajmida  36,4 % ni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 102,9 % ni tashkil etdi.

- fuqarolik obyektlarini qurish yo‘nalishi 59,6 % ulushni tashkil etib, 2024-yilning mos davriga nisbatan 125,2 % ni tashkil etdi;

- ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari yo‘nalishi 4,0 % ulushni va 2024-yilning mos davriga nisbatan 150,1 % ni tashkil etdi.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech