21/08/2025

    Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilning 1-yanvar holatiga Oʻzbekistonda tadbirkor ayollar rahbarligidagi kichik korxona va mikrofirmalar soni 43 860 tani tashkil etgan.

    Ushbu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2 611 taga oshgan.

    Tadbirkor ayollar rahbarligidagi kichik korxona va mikrofirmalar soni hududlar kesimida quyidagicha: 

 Toshkent shahri – 12 814 ta

 Toshkent viloyati – 5 598 ta

 Samarqand viloyati – 3 905 ta

 Qoraqalpogʻiston R. – 2 866 ta

 Xorazm viloyati – 2 673 ta

 Surxondaryo viloyati – 2 656 ta

 Buxoro viloyati – 2 434 ta

 Fargʻona viloyati – 2 035 ta

 Navoiy viloyati – 2 025 ta

 Qashqadaryo viloyati – 1 879 ta

 Jizzax viloyati – 1 366 ta

 Sirdaryo viloyati – 1 252 ta

 Andijon viloyati – 1 227 ta

 Namangan viloyati – 1 130 ta

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech