Ko‘rsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmining o‘sishida moliyaviy xizmatlar 24,0 % ga (ko‘rsatilgan xizmatlar umumiy hajmining o‘sishiga hissasi 2,4 bandni tashkil etdi), aloqa va axborotlashtirish xizmatlari 20,9 % ga (o‘sishiga hissasi 0,9 band), ijara xizmatlari 19,2 % ga (o‘sishiga hissasi 0,4 band), sogʻliqni saqlash sohasidagi xizmatlari 17,5 % ga (o‘sishiga hissasi 0,4 band), boshqa xizmatlari 16,9 % ga (o‘sishiga qo‘shgan hissasi 0,7 band) va kompyuterlar va maishiy tovarlarni taʼmirlash boʻyicha xizmatlar 13,6 % ga (o‘sishiga hissasi 0,4 band) asosiy omili bo‘lib hisoblanadi.
Axborot xizmati