O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishiga asosan 22-23-avgust kunlari “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkazish belgilangan.
Bugun yurtimiz bo‘ylab “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida umumxalq xayriya hashari keng ko‘lamda o‘tkazilmoqda. Erta tongdan boshlangan xayirli tadbirni viloyatimizning barcha mahalla ahli, korxona, tashkilot va muassasa xodimlari uyushqoqlik va ko‘tarinki kayfiyatda ishtirok etishmoqda.
Ushbu ezgu tashabbusda Samarqand viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ham faol qatnashishmoqda.
Axborot xizmati