25/08/2025

   Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilning 1-yanvar holatiga Oʻzbekistonda tadbirkor ayollar rahbarligidagi kichik korxona va mikrofirmalar soni 43 860 tani tashkil etgan.

   Ular iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha quyidagicha:

   – xizmatlar sohasida – 17 239 ta;

   – savdo sohasida – 17 161 ta;

   – sanoat sohasida – 5 464 ta;

   – boshqa sohalarda – 3 996 ta.

   Ayol rahbarlar boshqaruvidagi kichik korxona va mikrofirmalarning mahsulot sotishdan tushgan sof daromadi 47,7 trln soʻmni tashkil etib, oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 10,1 trln soʻmga oshgan.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech