04/09/2025

   Yirik qurilish tashkilotlari tomonidan 2025-yilning yanvar-iyul oyida bajarilgan qurilish ishlari hajmi 1 033,0 mlrd so‘mni tashkil etdi. Ko‘rib chiqilayotgan davrda qurilish ishlari hajmi 2024-yilning mos davriga nisbatan 103,6 % ni va ularning umumiy hajmdagi ulushi 10,4 % ni tashkil etdi.

   Shuningdek, kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hissasiga jami qurilish ishlari hajmining 76,0 % i to‘g‘ri kelib, ular hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari hajmi 2024-yilning mos davriga nisbatan 110,8 % ni tashkil etgan holda 7 515,1 mlrd so‘m miqdorida qayd etildi.

   Norasmiy sektorda qurilish ishlarining ulushi 13,6 % ni yoki 1 350,6 mlrd so‘mni tashkil etib, 2024-yilning mos davriga nisbatan 155,4 % ni tashkil etdi.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech