04/09/2025

   Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekiston 18 ta xorijiy davlatlarga qiymati 10,5 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan mebel va mebel mahsulotlarini eksport qilgan.

   Mebel va mebel mahsulotlari eksporti qiymati o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 949 ming AQSH dollariga oshgan.

   O‘zbekiston 2025-yilning 7 oyida eng ko‘p mebel va mebel mahsulotlarini eksport qilgan davlatlar (AQSH dollari):

   — Rossiya – 4,4 mln

   — Qozog‘iston – 2,8 mln

   — Ozarbayjon – 1,2 mln

   — Tojikiston – 808,2 ming

   — Qirg‘iz R. – 562,5 ming

   — Armaniston – 187,6 ming

   — Gruziya – 105,4 ming

   — Belarus – 104,2 ming

   — Boshqa davlatlar – 328,6 ming

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech