Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-iyul oylarida jami 3,8 ming nafar O‘zbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda Buyuk Britaniyaga safar qilgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,1 ming nafarga yoki 40 % ga oshgan.
Joriy yilning 7 oyida Buyuk Britaniyaga borgan O‘zbekiston fuqarolari safar maqsadlari bo‘yicha quyidagicha:
sayohat – 2 713 nafar;
o‘qish – 512 nafar;
qarindoshlarni yo‘qlash – 448 nafar;
xizmat yuzasidan – 94 nafar;
davolanish – 19 nafar.
Axborot xizmati